19 dek 17:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Konstantin Czyuning o'g'li prof ringdagi debyutini g'alaba bilan boshladi
Professional boks olamining mashhur vakillaridan biri Konstantin Czyuning o'g'li professional boksdagi faoliyatini g'alaba bilan boshladi.
22 yoshli Tim Czyu debyut jangini Avstraliyaning Sidney shahrida o'tkazdi. O'rta vazn toifasida ishtirok etayotgan kichik Czyuning o'g'li avstraliyalik 21 yoshli Zorran Kessedi (1-2-1)ga qarshi ringga ko'tarildi.
Olti raundga mo'ljallangan jang yakunida hakamlar bir ovozdan Timning g'alabasini taminlashdi. Odatda bokschilar o'z debyutlarini 4 raundlik janglardan boshlashadi.
Malumot uchun, asli rossiyalik bokschi, ayni paytda Avstraliyada yashayotgan Konstantin Czyu bundan bir necha yil avval O'zbekistonga kelgan edi. U “Favzul Munavvar” klubi tomonidan Bekobodda tashkil etilgan professional boks kechasida faxriy mehmon bo'lgandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar