09 apr 09:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Konstantin Czyuning o'g'li prof ringdagi uchinchi g'alabasiga erishdi
Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtati Silvaniya Uoters shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Oqshomning qiziqarli janglaridan birida afsnaviy bokschi Konstantin Czyuning o'g'li 22 yoshli Tim Czyu ringga ko'tarildi. Bu Timning professional ringdagi uchinchi jangi edi.
Tim Czyu (3-0, 2KO) bu safar Yangi Zelandiya bokschisi Ben Nelson (2-3, 1KO)ga qarshi ringga ko'tarildi. Jangning uchinchi raundida kichik Czyu texnik nokaut evaziga raqibini mag'lubiyatga uchratdi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar