30 sen 12:12
Yangiliklar
Tennis
Kontaveyt o'z yurtidagi turnirda 1/4 finalga chiqdi
Estoniya poytaxti Tallin shahrida o'tkazilayotgan WTA turniri o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Sayyoramizning to'rtinchi raqamli tennis malikasi Anett Kontaveyt musobaqa bosh sovrini uchun asosiy davogar bo'lib turibdi. Estoniyalik tennischi ikkinchi davra bahsida WTA reytingida 75-pog'onadan joy olgan chexiyalik Tereza Martincovani taslim etdi - 6/2, 6/1.
Tennischilarning o'zaro uchinchi uchrashuvida ham Anett raqibasidan ustun ekanini amalda isbotladi. Oltmish to'qqiz daqiqa davom etgan bahsda Kontaveyt ham, Martincova ham bittadan eys zarbasini amalga oshirgan.
Bugun Anett yarim final chiptasi uchun belgiyalik Isalin Bonavantyurga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar