15 avg 20:06
Yangiliklar
Og'ir atletika
Konya-2021. Akbar Jo'raev 3 ta oltin medal sohibi!
Turkiyaning Konya shahrida davom etayotgan Islom birdamligi o'yinlarida og'ir atletika bo'yicha bahslar yakunlandi.
Quvonarlisi, +109 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Olimpiada va jahon chempioni Akbar Jo'raev o'zi uchun yangi musobaqada ham tengsiz bo'ldi. Dast ko'tarishda 200 kgni o'ziga bo'ysundirgan sportchimiz, siltab ko'tarishda 246 kg natijani qayd etdi. Jo'raev ikki kurash bo'yicha 446 kg natija bilan mutlaq chempionlikni qo'lga kiritish bilan birga 3 ta oltin medalni ham o'ziniki qildi.
Havola :
Manba : olamsportcom
Fikrlar