10 avg 17:26
Yangiliklar

Konya-2021. Erkin va ayollar kurashi bo'yicha bahslar start oldi + FOTOGALEREYA
Bugundan erkin kurash va ayollar kurashi bahslari ham start oldi.
Tokio Olimpiadasi ishtirokchisi G'ulomjon Abdullaev final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. U kechki dasturda oltin medal uchun gilamga chiqadi.
Ayollar kurashi bellashuvlarida -50 kgda yurtimiz sharafini himoya qilgan Jasmina Imaeva ham final chiptasini qo'lga kiritdi.
SHuningdek, Rio Olimpiadasi sovrindori Magomed Ibragimov bronza medali uchun bahs olib boradi.
Erkin kurash bo'yicha o'smirlar Olimpiadasi g'olibi Umidjon Jalolov yarim finalda Olimpiya o'yinlari sovrindori, jahon chempioni ozarbayjonlik Xoji Alievga 0:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Endi sportchimiz kechki dasturda bronza medali uchun eronlik kurashchiga qarshi bahs olib boradi.
Sportchilarimizning bahslaridan olingan suratlarni tomosha qiling:
Suratlar muallifi: HasanPaydoev
Fikrlar