10 avg 21:36
Yangiliklar
Kurash

Konya: erkaklar hamda ayollar kurashi: Navro'zovda bronza, Imaevada kumush!
Turkiyaning Konya shahrida bo'lib o'tayotgan Islom birdamligi o'yinlarida kurash bahslari ham qizg'in pallaga kirib bormoqda.
Hozirgina Islom birdamlik o'yinlari doirasida erkin kurash sport turi bo'yicha hal qiluvchi bahslar bo'lib o'tdi. Quvonarlisi, unda Rio olimpiadasi sovrindori, hamyurtimiz Ixtiyor Navro'zov -74 kg vaznda bronza medalini qo'lga kiritdi. Bundan tashqari, ayollar o'rtasida -50 kg vaznda Jasmina Imaeva kumush medali sohibasiga aylandi. U finalda ozarbayjonlik raqibasiga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Avvalroq, para suzuvchimiz Azizbek Boynazarov bronza, G'ulomjon Abdullaev oltin medal qo'lga kiritgani hamda Ulug'bek Rashitovning finalga yo'l olgani haqida xabar bergan edik.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
16:00
Ayollar o'rtasidagi JCH. Kecha jang qilgan besh nafar bokschimizning to'rt nafari keyingi bosqichda 0
Fikrlar