20 iyu 18:11
Yangiliklar
Futbol

Koreyada xorijlik darvozabonlarga qo'yilgan taqiq bekor qilindi
Koreya futbol associaciyasi (KFA) rasmiylari ichki chempionatda xorijlik darvozabonlarga nisbatan 1999 yildan beri amalda bo'lgan taqiqni bekor qilganini malum qildi.
Qoida dastlab mahalliy darvozabonlar ligada etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotganidan xavotirlar tufayli joriy etilgan edi.
"2026 yildan boshlab klublarga xorijlik darvozabonlarni ro'yxatdan o'tkazishga ruxsat beriladi", – deya takidlandi bayonotda.
"Liga 1999 yildan boshlab ularning ishtirokini cheklab qo'ydi va keyin shu yilning o'zida mahalliy darvozabonlarni rivojlantirishni rag'batlantirish uchun to'liq taqiq joriy etdi, chunki o'sha paytda ko'pchilik klublar chet ellik darvozabonlarga tayanar edi", – deya qo'shimcha qildi rasmiylar.
Ushbu o'zgarish birinchi va ikkinchi divizionlarga taalluqli bo'ladi.
Havola :
Fikrlar