So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

01 sen 16:10
Yangiliklar

Kurash

Koreyada XVIII IKA Kongressi bo'lib o'tdi, rahbar yana to'rt yilga o'z joyida qoldi

Janubiy Koreyaning CHungju shahrida Xalqao Kurash Associaciyasining (IKA) XVIII Kongressi bo'lib o'tdi.

Ushbu tadbir associaciyaning hisobot-saylov konferenciyasi vazifasini ham o'tab berdi. SHuningdek, o'zbek milliy kurashining obro'sini jahonga yanada tanitish masalasiga ham alohida etibor qaratildi. 

Yig'ilishda Kongress azolari IKA prezidenti, tashkilot vice-prezidentlari, milliy federaciyalar vakillari hamda Ijroqo'm azolarining bir yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlarini tinglashdi. 

SHundan so'ng yangi to'rt yillik muddatga Ijroqo'm azolari hamda qolgan lavozimlarga saylov jarayoni o'tkazildi. Kongress ishtirokchilari bir ovozdan Xalqaro Kurash Associaciyasining amaldagi prezidenti, quvaytlik Haydar Farmonni yangi to'rt yillik muddatga saylashdi. 

SHuningdek, IKA birinchi vice-prezidenti Jagdish Tatler (Hindiston), Bosh kotib Umid Yakubov (O'zbekiston), sport va dunyo masalalari bo'yicha direktor Yusuf Yildirim (Turkiya), sportda tenglik va adolat masalasi bo'yicha direktor Olga Machugina (Ukraina), texnik direktor Rizo Nossiri (Eron) ham yangi muddatga qayta saylanishdi. Nomlari keltirilganlardan tashqari yana to'rtta qita konfederaciyalarining prezidentlari ham IKA Ijroqo'miga kiritildi. 

Kongress azolari Associaciyaning Nizomiga o'zgartirish ham kiritishdi. Unga ko'ra, Ijroqo'mdan ikkita IKA rahbari lavozimlari olib tashlandi. Associaciya boshqaruvda xalqaro standartlar hamda Olimpiya xartiyasiga to'liq javob berish va shaffof bo'lish uchun ham ushbu o'zgarishni amalga oshirdi.   

Bundan tashqari Kongress azolari Xalqaro Kurash Associaciyasining doimiy Komissiya (qo'mita) raislarini ham yangi to'rt yillik muddatga tasdiqlashdi:

- Vey Jizong (Xitoy) – Etika va tartib-intizom masalalari qo'mitasi

- Xeon Bik Bai (Janubiy Koreya) – sport masalalari qo'mitasi

- Ravi Kapur (Hindiston) – Hakamlik qo'mitasi

- Fransis Yafali (Kongo Demokratik Respublikasi) – xalqaro munosabatlar qo'mitasi

- Vittorio Jorji (Italiya) – huquq qo'mitasi

- Pol Soyer (Buyuk Britaniya) – sportchilar masalasi qo'mitasi

- SHamsi Saidova (Tojikiston) – sportchi ayollar masalalari qo'mitasi

- Kurosh Xosriyar (Eron) – statistika qo'mitasi

- Ju Xi Park (Janubiy Koreya) – tibbiyot va antidoping qo'mitasi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing