30 dek 13:40
Yangiliklar
Futbol
Koreyaga ketishi kutilgan futbolchi "So'g'diyona" bilan shartnomasini uzaytirdi
Jizzaxliklar himoyachisi Otabek Ahadov jamoada qoladigan bo'ldi.
"Joriy mavsum "So'g'diyona" safida harakat qilgan mahoratli yosh himoyachi Otabek Ahadov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2027 yilning 31 dekabrigacha uzaytirildi", – deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

20 yoshli markaziy himoyachi joriy mavsum 25 o'yinda qatnashib, 1 ta golga assistentlik qildi.
Avvalroq uning Koreya klubiga o'tishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Havola :
Fikrlar