18 avg 14:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Korme muxlislari va UFC rahbariga xayrlashuv xatini yozdi
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Daniel Korme muxlislari va tashkilot rahbari Dena Uaytga xayrlashuv xati yozdi.
“Meni oxirgacha qo'llab, yordam berganingiz uchun minnatdorman. Faoliyatimni bu holatda yakunlayman deb o'ylamagandim, lekin bo'lar ish bo'ldi. Stipeni g'alaba bilan tabriklayman. U bilan 50 daqiqa davomida oktagonda haqiqiy urush qildik.
Jamoamga rahmat, sizlar men uchun ko'p narsalarni qurbon qildinglar. Umid qilamanki, sizlar mendan faxrlanib yurasizlar.
Muxlislarim: Sizlarni yaxshi ko'raman, aynan sizlar meni ilhomlantirdinglar va shu darajaga chiqishimga asosiy sababchisizlar.
Dena Uayt va UFC: Hayotimning har bir daqiqasidan zavq olishga ko'mak berdinglar. SHunday imkon yaratib berganingiz uchun rahmat. Bu ajoyib sayohat bo'ldi”, - deb yozib qoldirgan Daniel Korme.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar