09 fev 15:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Kostya Czyuning o'g'li ilk kamarini qo'lga kiritdi FOTO
Avstraliyaning Sidney shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Oqshomning qiziqarli janglaridan birida afsonaviy Konstantin Czyuning o'g'li 24 yoshli Tim Czyu (12-0, 10KO) ringga ko'tarildi. Birinchi o'rta vazn toifasida o'z janglarini o'tkazib kelayotgan kichik Czyu mag'lubiyatsiz odamlayapti.
Tim bu yurishini bugungi jangda ham davom ettirdi. Czyu britaniyalik Denton Vassel (25-6, 11KO) bilan to'qnash keldi. O'zidan 10 yosh katta bokschiga qarshi jang olib borgan Tim raqibini ikkinchi raundda texnik nokaut evaziga mag'lub etdi va mintaqaviy WBA chempionlik kamarini qo'lga kiritdi.
Havola :
Fikrlar