02 dek 11:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Kotto 25 fevral kuni ringga chiqadi, raqib Kirklend bo'lishi mumkin
Professional boksning 4ta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Migel Kotto (40-5, 33KO) o'zining navbatdagi jangini 2017 yilda o'tkazadi.
Roc Nation promouterlik kompaniyasi puertorikalik 35 yoshli bokschi uchun aynan 2017 yilda 2ta jang tashkil etishni rejalashtirgan. Ulardan dastlabkisi 25 fevral kuni bo'lib o'tadi.
Ushbu jangda Kottoga asosiy raqib sifatida amerikalik 32 yoshli Jeyms Kirklend (32-2, 28KO) etirof etilyapti.
Undan keyin esa Migel Kotto meksikalik Saul “Kanelo” Alvares bilan revansh jangi o'tkazishga urinib ko'radi. Kotto 2015 yilning noyabr oyida aynan Alvaresga yutqazib qo'ygandi.
Havola :
Fikrlar