07 jan 14:15
Yangiliklar
Boks/MMA

Kotto Alvaresdan revansh jangi talab qilmoqda
Professional boksning 4ta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Migel Kotto (40-5, 33 KO) Saul Alvares (48-1-1, 34 KO) bilan revansh jangi o'tkazish istagida ekanligini malum qildi.
Migel Kotto va Saul “Kanelo” Alvares o'rtasidagi ilk jang 2015 yilning noyabr oyida o'tkazilgandi. O'shanda teng kurashlar ostida kechgan jang yakunida hakamlar Alvaresning g'alabasini taminlashgan edi.
Bu esa ko'pchilikning etiroziga sabab bo'lgandi. Bir yillik tanaffusdan so'ng ringga qaytgan Migel Kotto o'sha mag'lubiyat uchun Sauldan revansh jangi talab qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Migel Kotto 25 fevral kuni nokautchi Jeyms Kirklend (32-2, 28 KO)ga qarshi jang o'tkazadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar