25 mar 12:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Kovalev dunyoning eng yaxshi bokschisi bilan revansh jangi o'tkazadi
Nihoyat, professional boksning yarim og'ir vazn toifasi uchta yo'nalishida sobiq jahon chempioni rossiyalik Sergey Kovalev revansh jangiga ega bo'ldi.
O'tgan yili rossiyalik bokschi o'ziga tegishli bo'lgan WBA, WBO hamda IBF yo'nalishlari chempionlik kamarlarini amerikalik Andre Uordga boy berib qo'ygandi.
“Ikki kun avval men revansh jangi shartnomasiga imzo chekdim. Jang o'tkaziladi va men chempionlik kamarlarimni qaytarib olaman”, - deya o'zining Tvitterdagi rasmiy sahifasida xabar qoldirgan Kovalev.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar