20 noy 10:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Kovalev faoliyatidagi ilk mag'lubiyatini qabul qildi, endi u chempion emas
Hozirgina AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida uzoq kutilgan professional boks kechasi yakunlandi.
Oqshomning markaziy jangida yarim og'ir vazn toifasida WBO, IBF va WBA chempionlik kamarlari sohibi rossiyalik Sergey Kovalyov sobiq jahon chempioni amerikalik Andre Uordga qarshi ringga ko'tarildi.
O'n ikki raundga mo'ljallangan jang biroz kutilmagan natija bilan yakunlandi. Hakamlar bir ovozdan va bir xil - 114-113, 114-113, 114-113 hisobida Uordning g'alabasini taminlashdi.
Andre Uord chempionlik kamarlarini qo'lga kiritish barobarida mag'lubiyatsiz seriyasini ham davom ettirdi. Ikkala bokschi ham shun kungacha mag'lub bo'lmay kelishayotgandi.
Havola :
Fikrlar