19 noy 13:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Kovalev - Uord. Davogar chempiondan ikki yarim barobar ko'p gonorar oladi
Xabar berganimizdek, bizning vaqt bilan ertaga tong saharda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida professional boks kechasi tashkil etiladi.
Oqshomning markaziy jangida yarim og'ir vazn toifasida WBA (Super), WBO hamda IBF yo'nalishlari chempioni rossiyalik 33 yoshli Sergey Kovalyov (30-0-1, 26KO) sobiq jahon chempioni amerikalik Andre Uordga (30-0, 15KO) qarshi ringga ko'tariladi.
Tashkilotchilar bokschilar uchun jang natijasidan qatiy nazar kafolatlangan gonorar summasini oshkor qilishdi.
Etiborlisi, ushbu jangda davogar bokschi chempionga nisbatan ikki yarim barobar ko'proq gonorarga ega bo'ladi. Kovalyovning kafolatlangan gonorari 2 mln., Uordniki esa 5 mln dollar bo'ladi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar