05 apr 08:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Kovalev - Uord. Revansh jangi sanasi malum qilindi
Professional boksning yarim og'ir vazn toifasida WBO, WBA va IBF yo'nalishlari chempioni amerikalik Andre Uord (31-0, 15 KO) hamda sobiq jahon chempioni rossiyalik Sergey Kovalyov (30-1-1, 26 KO) o'rtasida o'tkaziladigan revansh jangi sanasi malum qilindi.
Bu malumotni har ikki bokschining promouterlari ham tasdiqlashdi. Unga ko'ra, bokschilar o'rtasidagi revansh jangi 17 iyun kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, Sergey Kovalyov va Andre Uord o'rtasidagi ilk jang o'tgan yilning noyabrida o'tkazilgan bo'lib, unda amerikalik bokschi g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar