02 fev 12:26
Yangiliklar

Kovalyov Alvaresdan engilroq chiqdi, Isa ham taroziga chiqdi FOTO
Oqshomning markaziy jangi revansh maqomida bo'lib, yarim og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni rossiyalik Sergey Kovalyov kamarini qaytarib olish uchun amaldagi WBO yo'nalishi chempioni kolumbiyalik Eleyder Alvaresga qarshi ringga ko'tariladi.
Har ikki bokschi belgilangan vazn meyorini bajarishdi. Kovalyov 78,9 kg, Alvares esa 79,3 kg tosh bosdi. O'tgan yilning avgust oyida o'tkazilgan ilk jangda Eleyder raqibini ettinchi raundda texnik nokautga uchratgan edi.
Yana bir qiziqarli jang rossiyalik Isa CHaniev hamda Richard Kommi o'rtasida bo'lib o'tadi. Bokschilar engil vazn toifasida vakant bo'lib qolgan IBF chempionlik kamari uchun ringga chiqishadi. CHaniev 61 kg, Kommining esa 60,9 kg vaznga ega ekanligi oydinlashdi.
Fikrlar