03 fev 17:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Kovalyov endi kamarlarni birlashtirmoqchi
Yarimog'ir vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni Sergey Kovalyov Eleyder Alvaresga qarshi jangdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Biz jang oldidan ko'p ishladik. Men avval havaskorda bo'lganidek Baddi Makgirt bilan ishlayapman. Endi boshqa chempionlarga qarshi jang qilib, kamarlarni birlashtirmoqchiman", - dedi Kovalyov.
Eslatib o'tamiz, Sergey Kovalyov bugun Friskoda o'tkazilgan jangda Eleyder Alvaresni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etdi.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar