04 fev 09:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Kovalyov Gvozdik bilan jang qilishni istamayapti. Nega?
Kolumbiyalik Eleyder Alvaresni mag'lubiyatga uchratib, WBO chempionlik kamarini qaytarib olgan Sergey Kovalyov rejalari bilan o'rtoqlashdi.
Rossiyalik jahon chempioni ushbu vazn toifasining WBC yo'nalishida jahon chempioni bo'lib turgan ukrainalik Aleksandr Gvozdik bilan jang qilmasligini aytdi.
Vaholanki, u kecha o'tkazilgan Alvaresga qarshi jang oldidan o'z vaznidagi barcha chempionlik kamarlarini qo'lga kiritish asosiy maqsadi ekanligini malum qilgandi.
“Bu sport. Lekin ukrainalik do'stim bilan jang qilmagan bo'lardim. U yaqindagina chempion bo'ldi. Qolaversa, uning o'zi ham ortiqcha tavakkalga qo'l urmaydi. CHempionligidan foydalanib, ko'proq pul ishlab olishga urinadi. Keyin biz ikkimiz ham bir menejer bilan ishlaymiz”, - dedi Kovalyov.
Havola :
Fikrlar