27 noy 13:26
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/23479_220.jpg)
Kovalyov keyingi jangini kimga qarshi o'tkazmoqchi ekanligini aytdi
Rossiyalik bokschi Sergey Kovalyov navbatdagi jangini kubalik Sallivan Barreraga qarshi o'tkazmoqchi ekanligini aytdi.
"Men keyingi jangimni Barreraga qarshi o'tkazmoqchiman. Biz unga 25 noyabr kuni jang o'tkazishni taklif qilgandik. Lekin, u buni istamadi va boshqa raqibga qarshi jang qildi. Keyingi yil unga qarshi jang qilishga tayyorman", - dedi Kovalyov.
Eslatib o'tamiz, Sergey Kovalyov ayni paytda o'zbekistonlik murabbiy Abror Tursunpo'latov qo'l ostida mashg'ulotlar o'tkazmoqda. U 25 noyabr kuni ukrainalik Vyacheslav SHabranskiyni nokautga uchratib, WBO yo'nalishining o'rtaog'ir vazn yo'nalishi chempioniga aylandi.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar