03 fev 11:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Kovalyov revansh jangida Alvaresdan kamarini qaytarib oldi
Hozirgina AQSHning Nevada shtati Frisko shahrida kutilgan boks oqshomi yakunlandi.
Oqshomning markaziy jangi revansh maqomida bo'lib, yarim og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni rossiyalik Sergey Kovalyov kamarini qaytarib olish uchun amaldagi WBO yo'nalishi chempioni kolumbiyalik Eleyder Alvaresga qarshi ringga ko'tarildi.
Jang 12 raund to'liq davom etdi va g'olib bokschi ochkolar hisobiga ko'ra aniqlandi. Raundlarning kattagina qismida ustunlikka ega bo'lgan Kovalyov hakamlar qaroriga ko'ra 116-112, 116-112, 120-108 hisobida g'alaba qozonib, WBO chempionlik kamarini qaytarib oldi. U o'tgan yilning avgust oyida ettinchi raundda texnik nokaut evaziga Alvaresga imkoniyatni boy bergandi.
Havola :
Fikrlar