23 noy 07:45
Yangiliklar
Boks/MMA
Kovalyov - Uord revansh jangi iyun oyida o'tkazilishi mumkin
Professional boksning yarim og'ir vazn toifasida endilikda sobiq jahon chempioni Sergey Kovalyov va amerikalik uchta yo'nalish chempioni Andre Uord o'rtasidagi revansh jangi 2017 yilning iyun oyida o'tkazilishi mumkin.
Rossiyalik bokschining jamoasi bu malumotni tasdiqlar ekan, shu yilning o'zida Uordning jamoasi bilan muzokaralar boshlanishini elon qildi.
“Ayni paytda jangning qachon va qaerda o'tkazilishi haqida aniq bir narsa deyish qiyin. Taxminimizcha, bu jang iyun oyida o'tkazilishi kerak. Balki, undan oldinroq ham revansh jangini tashkil etarmiz”, – dedi Kovalevning promouteri Keti Duva.
Havola :
Fikrlar