02 noy 11:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Kovalyov va Alvares taroziga chiqishdi, Sergey 10 daqiqada 100 gramm tashladi + FOTO
Bugun tunda (Toshkentda ertaga tongda) AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tadi.
Oqshomning markaziy jangi yarim og'ir vazn toifasi chempioni, rossiyalik Sergey Kovalyov hamda o'rta vaznda jahon chempioni, meksikalik Saul “Kanelo” Alvares o'rtasida o'tkaziladi. Bugun bokschilar ananaga ko'ra tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi.
Har ikki jahon chempioni ham belgilangan vazn meyori (79,4 kg)ni bajarishdi. Lekin Sauldan farqli ravishda Sergey ikkinchi urinishda 175 funt vaznni qila olgan. Birinchi urinishda uning vazni meyoridan 100 grammga ortiq chiqqan. Unga vaznni xaydash uchun 1 soat berilgandi. Lekin u 10 daqiqada bu vazifani uddaladi va 79,4 kg tosh bosdi.
Havola :
Fikrlar
Canelo artur betirbaev bilan tuwsa yutkazadi lelin sergeyni osonlik bilan yutadi 8 -raunda nakaut qiladi