23 noy 09:57
Yangiliklar
![](/upload/storage/23196_220.jpg)
Kovalyov va SHabranskiy o'zaro ko'z urishtirishdi
Professional boksning yarim og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Sergey Kovalyov (30-2-1, 26 KO) hamda Vyacheslav SHabranskiy (19-1, 17 KO) o'rtasida Andre Uorddan so'ng vakant, yani egasiz bo'lib qolgan chempionlik kamari uchun jang bo'lib o'tadi.
25 noyabr kuni Nyu-York shahridagi afsonaviy Medison Skver Garden arenasida o'tkaziladigan jang oldidan ananaga ko'ra bokschilar ishtirokida matbuot anjumani hamda o'zaro ko'z urishtirish marosimi tashkil etildi.
Eslatib o'tamiz, Kovalyov ayni paytda o'zbekistonlik murabbiy Abror Tursunpo'latov qo'l ostida bo'lajak chempionlik jangiga tayyorgarlik ko'ryapti. Tursunpo'latov Rio Olimpiadasi chempioni Fazliddin G'oibnazarovning shaxsiy murabbiyi hisoblanadi.
Fikrlar