26 dek 11:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Kovalyov WBC chempionlik kamari uchun jang o'tkazishi mumkin
Rossiyalik bokschi Sergey Kovalyov Butunjahon boks uyushmasi (WBC) chempionlik kamari uchun jang o'tkazish huquqiga ega.
Bu haqda tashkilot prezidenti Maurisio Suleyman xabar berdi.
“Kovalyovning reytingda egallab turgan o'rni unga WBC chempionlik kamari uchun jang qilish imkonini beradi”, - dedi Suleyman.
”
Eslatib o'tamiz, Kovalyov 19 noyabr kuni Las-Vegas shahrida Andre Uordga ochkolar xisobida imkoniyatni boy berish barobarida o'ziga tegishli bo'lgan WBA (Super), WBO hamda IBF yo'nalishlari chempionlik kamaridan ham mahrum bo'lgan edi.
Endilikda sobiq jahon chempioniga aylangan Kovalyov ayni paytda WBC chempionlik reytingida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. WBC chempionlik kamari esa kanadalik Adonis Stivensonga tegishli.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar