04 apr 18:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Kovalyov Yardni CHelyabinskka chorladi
Professional boksning yarim og'ir vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni Sergey Kovalyov navbatdagi jangini o'z vatanida o'tkazmoqchi.
Rossiyalik jahon chempioni 1 iyun kuni CHelyabinsk shahrida o'z kamari uchun rasmiy davogar britaniyalik Entoni Yardga qarshi ringga ko'tarilmoqchi. Bu malumotni bokschining Keti Duva ham tasdiqladi.
Kovalyovning jamoasi CHelyabinskdagi arenani "bron" qilib qo'yishga ham ulgurdi. 8 aprel kuni promouterlar o'rtasida ushbu jang huquqi uchun ochiq savdo o'tkaziladi. WBO qoidalariga ko'ra Yard umumiy mukofot jamg'armasining 25 foizini qo'lga kiritadi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar