13 iyu 20:18
Yangiliklar
Tennis
Kreychikova Paolinini mag'lub etib, "Uimbldon" g'olibasiga aylandi
Buyuk Britaniyaning London shahrida tennis bo'yicha "Katta dubulg'a" turkumidagi "Uimbldon" turnirining ayollar o'rtasidagi yakkalik dasturi finali yakunlandi.
Hal qiluvchi bahsda dunyoning 32-raketkasi, chexiyalik Barbora Kreychikova ettinchi raqamli tennischi, Italiya vakilasi Jasmine Paolini bilan to'qnash keldi.
Bellashuvda Kreychikova 6:2, 2:6, 6:4 hisobida o'z g'alabasini nishonladi.
Avvalroq, tennischilar "Australian-Open-2018" turnirida uchrashishgan edi. O'shanda Kreychikova saralashning birinchi bosqichidayoq Paolinini 6:2, 6:1 hisobida mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar