03 apr 15:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Kris Sayborg Lesli Smit bilan to'qnash keladi
Bellator chempioni Kris Justinu Sayborg keyingi jangini Lesli Smitga qarshi o'tkazadi. Bu haqida Bellator'ning tvitterdagi rasmiy sahifasi xabar qildi.
Jang 21 may kuni Bellator 259 turniri doirasida o'tkaziladi. Sayborg uchun bu jang ikkinchi himoya jangi bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Sayborg va Smit avvalroq ham o'zaro jang qilishgan. 2016 yilning 14 may sanasida UFC 198 turniri doirasida ikki jangchi o'zaro to'qnash kelishgan. Unda Sayborg birinchi raundda raqibasini nokautga uchratgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar