21 apr 11:13
Yangiliklar
Boks/MMA

Krouford Amir Xanni nokautga uchratdi
Hozirgina AQSHning Bruklin shaharchasida professional boks kechasi yakunlandi.
Oqshomning markaziy jangida yarim o'rta vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni Terens Krouford sobiq jahon chempioni Amir Xanga qarshi ringga ko'tarildi. O'n ikki raundga mo'ljallangan jang teng yarmida to'xtatildi.
Birinchi raundning o'zida Terens raqibini nokdaun holatiga tushirib qo'ydi. Lekin britaniyalik bokschi o'ziga kelib oldi va xatto tashabbusni o'z tomoniga og'dirishga ham muvaffaq bo'ldi. Oltinchi raundda Krouford raqibining beldan past qismiga zarba berdi. Bu vaziyatda Xanning murabbiyi Verjil Xanter shogirdi jangni davom ettirmasligini bildirdi. Krouford texnik nokaut evaziga kamarini himoya qildi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar