16 dek 11:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Krouford o'z vaznida barcha chempionlik kamarlarini birlashtirmoqchi
Amerikalik bokschi Terens Krouford o'z vazn toifasida mutloq jahon chempioni bo'lishni maqsad qilganini aytdi.
Krouford WBO chempioni avstraliyalik Jeff Xornni ham mag'lub eta olishini malum qildi. Xorn shu yilning yozida filippinlik mashhur bokschi Menni Pakyaoni mag'lub etib, katta shov-shuvga sabab bo'lgandi.
“Kuni kecha Jeff Xornning hamyurti Geri Korkoranga
qarshi o'tkazgan jangini ko'rdim. Xornni g'alaba bilan tabriklayman. O'z o'rnida men
ham unga qarshi ringga chiqishga tayyorman. Buning uchun vaznimni ham ko'taraman. Men
o'zim uchun ikkinchi vaznda mutloq jahon chempioni bo'lmoqchiman”, – dedi Krouford.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar