03 jan 10:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Kubalik Rio Olimpiadasi sovrindori chetlatildi
Kuba boks federaciyasi Rio-2016 Olimpiadasining bronza medali sovrindori Lazaro Alvaresni diskvalifikaciya qildi.
Bunga bokschining sochini bo'yagani sabab bo'ldi. Kuba boks federaciyasi bunday holatlarga qattiqqo'llik bilan qaraydi. Lazaro Alvaresga boksdan 6 oyga chetlatish jazosi qo'llanildi.
SHuningdek, Alvares mamlakat
terma jamoasi tarkibidan ham chetlatildi. Bu hali hammasi emas. U Kubaning 2016
yilgi eng yaxshi 10 nafar sportchisi safidan ham chiqarildi.
Malumot uchun, Lazaro Alvares Rio Olimpiadasida -60 kg vazn toifasida ishtirok etib, yakunda bronza medal sohibiga aylangandi. Lazaro 2012 yili London Olimpiadasida ham bronza medali bilan taqdirlangan edi. Alvares 3 karra (2011, 2013, 2015) jahon chempioni hisoblanadi.
Havola :
Fikrlar