21 fev 16:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Kubrat Pulev 23 mart kuni ringga chiqadi
Bolgariyalik superog'ir vazn toifasidagi bokschi Kubrat Pulevning navbatdagi jangini 23 mart kuni o'tkazishi malum qilindi.
Pulev IBF chempionlik kamari uchun rasmiy davogar hisoblanadi. Ayni paytda ushbu yo'nalish chempioni britaniyalik Entoni Joshua bo'lib turibdi. 23 mart kungi boks oqshomi Top Rank promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etiladi.
Kubrat yaqinda Top Rank bilan shartnoma imzolagan edi. Kompaniya vice-prezidenti Karl Morettining aytishicha, kelasi hafta Pulevning raqibi malum bo'ladi. Finlyandiyalik Robert Xelenius hamda ruminiyalik Bogdan Dinu bilan o'tkazilgan muzokaralar samarasiz yakunlangan.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar