18 iyu 16:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Kubrat Pulev Fyuriga qarshi jang qilishga tayyor
Bolgariyalik bokschi Kubrat Pulev superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuriga qarshi jang qilish niyati borligini malum qildi.
«Fyurining SHvarcga qarshi jangni ko'rdingizmi? SHvarc unga hech qanday qarshilik ko'rsatmadi. Taysonga qarshi jang taklif qilishsa, men rozi bo'laman. Lekin, bu jangga qadar men IBF kamari uchun jang qilishim kerak, sababi men bu kamarga birinchi raqamli davogarman. Biz, u bilan faqatgina chempionlik jangidan so'ng bahs olib borishimiz mumkin. Men Fyuri bilan jang qilishni istayman», - dedi Pulev.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Pulev va Fyuri jangi shu yilning kuz oyida bo'lishi mumkinligi xabar berilgandi.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar