10 dek 08:43
Yangiliklar
Boks/MMA

Kubrat Pulev Top Rank kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi
Bolgariyalik superog'ir vazn toifasidagi taniqli bokschi Kubrat Pulev dunyoga mashhur Top Rank promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi.
Kubrat Germaniyaning Sauerland Events promouterlik kompaniyasi bilan amaldagi shartnomasini muddatidan avval bekor qildi. Buning uchun u o'z hamyonidan 150 000 AQSH dollari to'ladi. Top Rank kompaniyasi 78 yoshli Bob Arumga tegishli.
SHu yilning oktyabr oyida Pulev britaniyalik Xyui Fyurini mag'lubiyatga uchratib, superog'ir vazn toifasida Entoni Joshuaga tegishli IBF chempionlik kamari uchun rasmiy davogarga aylangandi. Bolgariyalik bokschi keyingi jangini 2019 yilning mart oyida Nyu-York yoki Las-Vegas shahrida o'tkazadi.
Image caption
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar