02 mar 17:23
Yangiliklar

Kun fotosi. Saul Alvares va Jeykobs Meksikada
O'rta vazn toifasida o'tkaziluvchi ushbu birlashtiruvchi chempionlik jangida WBC va WBA yo'nalishlari chempioni meksikalik Saul "Kanelo" Alvares IBF chempioni amerikalik Deniel Jeykobsga qarshi ringga ko'tariladi.
Bokschilar Meksikada tashkil etilgan matbuot anjumanida yana bir bor to'qnash kelishdi. Ilk anjuman AQSHda o'tkazilgan edi.
"Bu mening o'rta vazn toifasida o'tkazadigan so'nggi jangim bo'lmaydi. O'zimni bu vaznda yaxshi xis qilyapman. Balki, ikkinchi o'rta vaznda ham bir nechta jang o'tkazarman", - dedi Kanelo.
"Jang nokaut bilan yakunlanadimi yoki hakamlar g'olibni aniqlab berishadimi? Buni bilmadim. Lekin bir narsaga vada beraman, muxlislar ajoyib boks guvohiga aylanishadi. Men 4 may kuni nafaqat chempion bo'laman, balki qirolga ham aylanaman", - dedi Jeykobs.
Fikrlar