So’nggi yangiliklar

18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0 11:35Бектемир Меликўзиев чемпионлик жангидан четда қолди(ми?) Хайме Мунгиянинг кейинги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди 0 11:04Тони Кроос мураббийлик фаолиятини бошлаши мумкин 0

02 jan 11:55
Yangiliklar

Kurash

Kurash Afrika o'yinlari – Kongo 2023`da!

IKA Prezidenti Haydar Farmon va Afrika milliy olimpiya qo'mitalari associaciyasi Prezidenti janob Mustafa Berraf o'rtasida Kurashni Afrika yoshlar o'yinlari Dasturiga kiritish bo'yicha kelishuvga erishilgan edi.

Navbatdagi Afrika o'yinlari esa 2023 yilning avgust oyida Kongo Respublikasining Brazzavil shahrida bo'lib o'tadi. Xalqaro Kurash associaciyasi Bosh kotibi, texnik direktor Muhammad Rizo Nosiriy mazkur o'yinlar bilan bog'liq texnik masalalarni muhokama qilish maqsadida Kongo Respublikasiga tashrif buyurdi.

Tashrifning dastlabki kunida Kongo Respublikasining Yoshlar va sport, fuqarolik talimi vaziri janob Xuges Ngoelondele bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv davomida kurashning Afrika o'yinlaridagi ishtiroki, undagi texnik jihatlarga oid ko'plab masalalar muhokama qilindi.

Vazir tomonidan mamlakatda kurashni eng ommalashgan sport turlaridan biri ekanligi, muntazzam ravishda Kongoda yirik kurash musobaqalari o'tkazib kelinayotganligi va hukumat darajasida qo'llab-quvvatlanayotganligi malum qilindi.

Bevosita Kongo Kurash federaciyasi uchun kurash gilami sovg'a qilinganligi uchun o'z minnatdorchiligini bildirdi. Kelgusida kurash bo'yicha xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi va Kurash vataniga tashrif buyirish rejalari borligi bildirib o'tdi.

23-28 noyabr kunlari Hindiston Respublikasida o'tkazilgan kurash bo'yicha jahon chempionatida -100 kg vaznda ishtirok etgan Kongolik Kurashchi Ama Modeste Ngambouluning bronza medalini qo'lga kiritishi mamlakatda kurashga bo'lgan qiziqishni yanada oshirganligini etirof etdi.

Uchrashuvda janob Nassiri kurash haqida, uning dunyo bo'ylab amalga oshirilayotgan ishlari va Afrika qitasida kurashning rivojlanishi haqida o'z fikrlarini bildirdi. Uchrashuv yakunida, vazirga IKA prezidenti Haydar Farmon janoblari tomonidan yuborilgan maxsus sovg'a topshirildi.

Tashrifning keyingi bosqichida Sport vaziri Afrika o'yinlari Dasturida kurash bo'yicha bahslari  o'tkazilishi mumkin bo'lgan joylarga tashrif uyushtirdi. Sport obektlari IKA texnik direktori Reza Nassiri va Kongo kurash federaciyasi mutaxassislari tomonidan ko'rikdan o'tkazildi. 

Dastlab, “Palais des sport de Kintele” sport majmuasi ko'zdan kechilildi. Mazkur majmua eng yirik sport obektlaridan biri hisoblanadi. Majmua hududi basseynlar, tennis kortlar, sport mashg'ulotlari uchun qo'shimcha maydonlar, mehmonxonalar va boshqa infrastukturalarga egaligi bilan ajralib turadi.

Keyingi manzil Nicole Oba sport majmuasi bo'lib, majmua yaxshi sharoitlarga ega va shaharning markazida joylashgan. Nicole Oba Kurash bo'yicha ko'p bora xalqaro musobaqalar, milliy chempionat va qita chempionatlariga mezbonlik qilgan. 15-21 dekabr kunlari o'tkazilgan Afrika Kurash ittifoqining Xalqaro Kurash haftaligi tadbirlari ham aynan Nicole Oba sport majmuasida bo'lib o'tgandi.

Yakuniy sport majmuasi Etienne Mongha bo'lib mamlakatning eng yaxshi sport majmualaridan biridir. Unda kamida 4 ta kurash gilamini sig'dira oladigan darajada katta va yana uchta qo'shimcha zalga ega. 

Mazkur sport obektlari xalqaro standardlarga ega bo'lib shhzida yirik sport tadbirlarini yuqori darajada o'tkazish imkoniyatiga egadir. IKA texnik direktori Muhammad Rizo Nosiriy tomonidan masullarga qo'shimcha ravishda etibor berilishi lozim bo'lgan texnik talablar va takliflar bildirildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing