So’nggi yangiliklar

10:13Гусковнинг мураббийи кейинги рақиб ким деган саволга жавоб берди 0 09:4119 ёшли Ямаль "Барселона"нинг 91 йил сақланиб турган рекордини янгилади 0 09:08Шу ҳафта Нурсултон билан бир оқшом жанг қиладиган Хукер Нурмагомедовни UFC`да синаб кўришга тайёр 0 08:37Пратес Ислам Махачевни нокаут эвазига мағлуб этмоқчи 0 08:06US Open 2026. Биринчи ракеткамиз ҳам ғалаба билан бошлади 0 21:06Лео Месси Аргентина терма жамоасидаги фаолиятини якунлаганини эълон қилди 0 20:28Чимаев октагонга қайтишга тайёр! У ким билан жанг қилмоқчи эканини айтди 0 19:49Жонсон Умар Нурмагомедовнинг Ядонг билан жангидаги хатосини айтди 0 19:26Султонов икки ғалабаси эвазига асосий тўрга чиқди. Илк даврада ўзбек дербисига гувоҳ бўламиз! 0 19:01Расман. Англия терма жамоаси аъзоси "Ал-Ҳилол"га ўтди 0 18:26Тайсон Фьюри Хргович билан жанг учун шартини айтди 0 17:45"Дана Уайт доғистонликларга ҳамма нарсага рухсат беради" - UFC жангчиси 0 17:13Даниэль Дюбуа ва Фабио Уордли ўртасидаги реванш санаси маълум қилинди 0 16:46Платини "Олтин тўп"ни Кварацхелияга бермоқчи 0 16:07"Ҳеч ким бу жангга рози бўлмайди" — Хукер Усман Нурмагомедовнинг UFCдаги эҳтимолий дебюти ҳақида гапирди 0

12 okt 12:11
Yangiliklar

Kurash

Kurash bo'yicha Jahon chempionati mezbonsiz qoldi, musobaqa Turkiyada o'tishi kerak edi

Bu haqda Xalqaro kurash assosiaciyasi xabar berdi.

"Kurash xalqaro associaciyasi (IKA) dastlab, 2025 yilning 17-23 noyabr kunlari o'tkazilishi rejalashtirilgan kurash bo'yicha kattalar o'rtasidagi XV Jahon chempionati, shuningdek, asosiy tashkiliy tadbirlar, jumladan, IKA Kongressi, Ijroiya qo'mitasi yig'ilishi va World Series Pro (WSP) final bosqichiga oid muhim malumotlarni elon qiladi.

IKA'ning 2025 yilgi rasmiy taqvimiga ko'ra, ushbu nufuzli musobaqalarga mezbonlik qilish Turkiya Kurash federaciyasiga topshirildi. Bu qaror to'liq ishonch bilan qabul qilindi va yil davomida Turkiya, Gruziya va Franciyada, jumladan, yanvar, aprel va iyul oylarida IKA vakillari, Evropa Kurash Konfederaciyasi Prezidenti va Turkiya Kurash federaciyasi vakillari ishtirokida bo'lib o'tgan koordinacion yig'ilishlarning ko'plab raundlari bilan birga o'tkazildi. Ushbu uchrashuvlarda Turkiya tomoni chempionat muvaffaqiyatli va professional tarzda o'tkazilishiga qatiy kafolat berdi. Biroq xalqaro kurash hamjamiyatining hafsalasi pir bo'lgan holda Turkiya Kurash federaciyasi IKA'ni kech bosqichda kerakli tayyorgarlik ishlari talab darajasida o'tkazilmagani va chempionatni tashkil etish bo'yicha o'z majburiyatlarini bajara olmasligi haqida malum qildi. Voqealarning bunday tus olishi IKA'ni qiyin ahvolga solib qo'ydi va Turkiya Kurash federaciyasining masuliyat darajasi va tashkiliy salohiyati borasida jiddiy xavotir uyg'otdi.

Bu masala hozirda Ijroiya qo'mitasi, Etika va intizom qo'mitasi tomonidan to'liq ko'rib chiqilmoqda. IKA axloq kodeksi va intizomiy tartib-qoidalarning 6-moddasi 6.2-bandiga muvofiq, musobaqadan asossiz ravishda chetlash yoki rejalashtirilgan xalqaro tadbirga uch oydan kamroq vaqt qolganda tadbirni tashkil etish bo'yicha majburiyatlarni bajarmaslik intizomiy huquqbuzarlik hisoblanadi. Moliyaviy jarimalar, ishtirok etishdan to'xtatib qo'yish yoki hatto Uyushma tarkibidan chiqarish kabi sankciyalar ko'rib chiqilmoqda. IKA Jahon kurash hamjamiyatiga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi va tez orada yangi mezbon mamlakat va kattalar o'rtasidagi XV Jahon chempionatining yangilangan sanalarini elon qiladi", deyiladi tashkilot xabarida.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing