So’nggi yangiliklar

18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0 11:35Бектемир Меликўзиев чемпионлик жангидан четда қолди(ми?) Хайме Мунгиянинг кейинги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди 0

25 may 12:58
Yangiliklar

Kurash

Kurash bo'yicha Osiyo chempionatida qochoqlar jamoasi ham ishtirok etadi

6-11 iyun kunlari Eron Islom Respublikasi poytaxti Tehron shahrida kurash bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasidagi Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

Ushbu qita chempionatida 20 ta davlatdan 250 nafarga yaqin eng sara polvonlar ishtirok etishi  kutilmoqda. Ahamiyatli jihati, o'n uchinchi bor o'tkazilayotgan kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatida ilk bor qochoqlar jamoasi ham ishtirok etadi. 

SHu o'rinda takidlash joiz, qochoqlar bu - ijtimoiy, siyosiy yoki boshqa jiddiy sabablarga ko'ra, o'z vatanidan chiqib ketgan insonlar sifatida tushuniladi. Ularda asosiy vatanlari nomidan xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etish imkoniyati mavjud emasligi sababli, Xalqaro Olimpiya qo'mitasi tomonidan qochoqlar jamoasi sifatida ishtirok etishi taminlab kelinmoqda.

Kurash bo'yicha xalqaro musobaqalar tarixida ham bu ilk bor yuz bermoqda. Qochoqlar jamoalari to'g'risidagi qaror 2023 yil Ashxabodda bo'lib o'tgan IKA Kongressi va 2024 yil Dubay shahrida o'tkazilgan IKA Boshqaruv qo'mitasi yig'ilishlarida muhokama qilingan va tegishli normativlar qabul qilingan.

Endilikda qochoqlar jamoasi Xalqaro Kurash associaciyasi taqvimidagi barcha musobaqalarda ishtirok etishi mumkin. Bunda jins toifasidan tashqari irqi, millati va ijtimoiy kelib chiqishlari hisobga olinmaydi. Jamoa Xalqaro Kurash associaciyasi tomonidan koordinaciya qilinadi.

Xalqaro Olimpiya qo'mitasi standartlari asosida jamoaning bayrog'i va madhiyasi sifatida Xalqaro Kurash associaciyasining bayroq va madhiyasidan foydalaniladi. Tehron gilamlarida qochoqlar jamoasi safida 5 nafar ayol kurashchi medallar uchun bahslarga kirishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing