19 dek 09:48
Yangiliklar

Kurash bo'yicha O'zbekiston kubogi start oldi
Bugun Toshkent viloyatining CHirchiq shahrida kurash bo'yicha jamoalar o'rtasida O'zbekiston kubogi musobaqalari o'tkazilyapti.
O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining sport majmuasida o'tayotgan bellashuvlar erkaklar o'rtasida 60, 66, 73, 81, 90, 100 kg.gacha hamda undan yuqori, ayollar o'rtasida esa 48, 52, 57, 63, 70, 78, 87 kg.gacha va undan yuqori bo'lgan vazn toifalarida tashkil etildi.
O'zbekiston kubogining erkaklar o'rtasidagi musobaqalarida 2000 yilda tug'ilgan va undan katta yoshdagi polvonlar, ayollar orasida esa 2001 yilda tug'ilgan va undan katta yoshdagi sportchilar g'oliblik uchun bellashmoqdalar.
Musobaqa Nizomiga ko'ra har bir jamoa tarkibidan ko'pi bilan 14 nafar erkak va 16 nafar ayol sportchi o'rin olishi va bellashuvlarda ishtirok etishi mumkin.
O'zbekiston kurash federaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar