04 okt 13:08
Yangiliklar

Kurash bo'yicha Prezident sovrini uchun musobaqa start olmoqda, Olamsport.com muxbiri Termizga yo'l oldi (Aeroportdan qaynoq FOTOGALEREYA)
Har ikki yilda o'tkaziladigan ushbu nufuzli kurash bayramida mamlakatimizning eng sara polvonlari bilan bir qatorda dunyoning 50 ga yaqin davlatidan 100 nafardan ziyod kurash ustalari ham g'oliblik uchun gilamga tushadi.
Joriy yilgi xalqaro turnirning mukofot jamg'armasi 100 ming AQSH dollarini tashkil etadi. Musobaqa Nizomiga ko'ra, mutlaq vaznda g'olib chiqqan polvon O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini – 10 ming AQSH dollari bilan taqdirlanadi.
Bugun saytimiz fotomuxbiri Alimurod Mamadaminov va muxbir Ilhom Rahmonov musobaqani bevosita voqea joyidan yoritish uchun Termizga yo'l olishdi.
Fotomuxbirimiz Toshkent aeroportidan qaynoqqina fotosuratlarni taqdim etadi:
Suratlar muallifi - Alimurod Mamadaminov
Fikrlar