So’nggi yangiliklar

16:28Чемпион Райан Гарсиянинг кейинги жанги расман эълон қилинди 0 15:45U 19 ёш тоифасидаги боксчи йигитларимиз умумжамоа ҳисобида биринчи бўлди 0 15:02Мессининг "Олтин тўп" қўлга киритиш имконияти 88 фоизгача кўтарилди 0 14:14Арман Царукян Лос-Анжелес Олимпиадасида қатнашиши мумкинлигини айтди 0 13:28Собиқ чемпион Макгрегорнинг кейинги рақиби ким бўлиши мумкинлигини айтди 0 12:49Макс Холлоуэйнинг мураббийи Макгрегор билан трилогия ҳақидаги саволга жавоб берди 0 12:13ЖЧ тарихида илк бор финалда Европа ва Америка Кубогининг амалдаги чемпионлари ўзаро тўқнаш келишади 0 11:30Богдан Гусков: "Бу вазиятда нима ҳақида ўйлаш керак эди?" 0 10:54Бугун 14 нафар боксчимиз Осиё чемпионлиги учун жанг қилади 0 10:37Бугун 8 та вазнда Осиё чемпионлари аниқланади (Қуръа натижалари) 0 10:12Месси ЖЧ-2026 финалига чиққанидан сўнг Аргентина мухлисларига мурожаат йўллади 0 09:44Шоҳасан Мирзаматов кейинги жангини Қозоғистонда ўтказади 0 09:05Тимофеева Athens Open WTA 250`да дунёнинг 31-ракеткасига қарши кортга чиқди 0 08:27Бокс: U23 ёш тоифасидаги қизларимиз ҳам Осиёда тенгсиз! 0 19:10ЖЧ-2026 финалидаги танаффус тахминан 30 дақиқа давом этиши мумкин 0

16 dek 10:41
Yangiliklar

Kurash

Kurash bo'yicha XV Jahon chempionati mezboni elon qilindi

Xalqaro Kurash Associaciyasi (IKA) tashabbusi bilan 2026 yil 31 yanvar – 5 fevral kunlari milliy qadriyatimizning bir bo'lagi hisoblangan kurash bo'yicha kattalar o'rtasida jahon chempionati o'tkaziladi.

Eron Islom Respublikasining SHimoliy Xuroson viloyati markazi — Bojnurd shahri Kurash bo'yicha kattalar o'rtasidagi XV Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

Ushbu nufuzli musobaqa jahonning eng kuchli polvonlarini bir joyga jamlash barobarida, Kurashning xalqaro nufuzini yanada mustahkamlash, sport diplomatiyasi va madaniy muloqotni rivojlantirishga xizmat qiladi. CHempionat doirasida IKA Boshqaruv qumitasi yig'ilishi, IKA Navbatdagi Kongressi, xalqaro hakamlar va murabbiylar seminarlari, antidoping bo'yicha o'quv mashg'ulotlari ham tashkil etiladi.

Musobaqalar Bojnurd shahridagi “Alidokh” sport majmuasida bo'lib o'tadi. Tashkilotchi sifatida Eron Kurash Associaciyasi ishtirokchilar uchun yuqori darajadagi tashkiliy tayyorgarlik, xavfsizlik, logistika va zamonaviy infratuzilmani taminlash uchun ish olib bormoqda. Delegaciyalar Mashhad xalqaro aeroporti orqali kutib olinadi va mahalliy transport bilan taminlanadi.

Jahon chempionati Xalqaro Kurash Associaciyasining amaldagi qoidalari asosida o'tkaziladi hamda musobaqa natijalari bo'yicha WSP reyting ochkolari taqdim etiladi. 

Mazkur dunyo birinchiligiga IKAga azo bo'lgan milliy federaciyalar har bir vazn toifasida bitta sportchi bilan ishtirok etishi mumkin.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing