So’nggi yangiliklar

18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0 11:35Бектемир Меликўзиев чемпионлик жангидан четда қолди(ми?) Хайме Мунгиянинг кейинги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди 0

13 jan 08:42
Yangiliklar

Kurash

Kurash bo'yicha XV Jahon chempionati sanasi qayta ko'rib chiqiladi. Mezbonlik uchun ikki davogar bor!

Xalqaro Kurash associaciyasi (IKA) Boshqaruv qo'mitasining Kurash bo'yicha XV Jahon chempionati masalasiga bag'ishlangan shoshilinch yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Videokonferenc-aloqa shaklida tashkil etilgan mazkur yig'ilishga IKA Prezidenti Haydar Farman raislik qildi. Unda Eron Islom Respublikasida yuzaga kelgan mavjud siyosiy notinch vaziyat inobatga olinib, musobaqa ishtirokchilarining xavfsizligini taminlash masalasi ustuvor yo'nalish sifatida muhokama qilindi. 

SHu munosabat bilan Jahon chempionatini belgilangan muddatdan keyinga qoldirish yoki boshqa mezbon davlatga ko'chirish variantlari Boshqaruv qo'mitasi azolari tomonidan atroflicha ko'rib chiqildi. Ayni paytga kelib, 35 dan ortiq davlatdan 300 nafarga yaqin sportchi va rasmiylar “IKA Registration System” orqali XV Jahon chempionatida ishtirok etish uchun rasman ro'yxatdan o'tgan.

Yuzaga kelgan vaziyat, shuningdek, Eron Kurash federaciyasining chempionatni yuqori saviyada tashkil etish borasidagi katta tajribasi va tayyorgarligi inobatga olinib, Boshqaruv qo'mitasi tomonidan yana 10 kunlik kuzatuv muddati belgilashga qaror qilindi. Agar mazkur muddat ichida mamlakatdagi siyosiy vaziyat barqarorlashmasa, Kurash bo'yicha XV Jahon chempionati mart-aprel oylarida boshqa davlatda o'tkaziladi.

Malum qilinishicha, hozirgi kunda Xalqaro Kurash associaciyasiga XV Jahon chempionatiga mezbonlik qilish istagi bilan O'zbekiston va Misr Kurash federaciyalaridan rasmiy takliflar kelib tushgan.

Belgilangan 10 kunlik muddat yakunlariga ko'ra, Jahon chempionatining aniq sanasi va mezbon davlati bo'yicha yakuniy qaror qabul qilinib, jamoatchilikka elon qilinadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing