So’nggi yangiliklar

22:42Жаҳон тожи учун матч. Жавоҳир Синдаров илк партияни якунлади 0 19:02ХОҚ 2028 йилги ёшлар қишки Олимпия ўйинлари саналарини эълон қилди 0 18:30Энцо Мареска: "Ҳусановнинг энг яхши позицияси — марказий ҳимоя" 0 17:52«АҚШга бора олмай қолиши мумкин». Менежер Усман Нурмагомедов учун эҳтимолий жазолар ҳақида гапирди 0 17:00Нодирбек Абдусатторов London Chess Classic 2026 турнирида қатнашади 0 16:05Россия бокс федерацияси World Boxing’нинг тўлақонли аъзосига айланди 0 15:12Нури Шаҳин Шомуродовнинг ўйинига баҳо берди ва Файзуллаевнинг қачон сафга қайтишини айтди 0 14:30Топурия Пимблеттга жанг таклиф қилди 0 13:42Қозоғистон Тошкентда ўтадиган Жаҳон кубогининг якуний босқичи учун таркибини эълон қилди 0 12:59Жамолиддин Раҳмонжонов Тошкентдаги Octagon 94 турнирида иштирок этади 0 12:06ЎзПФЛ Ўзбекистон кубоги финал майдони ва санаси ҳақида маълумот берди 0 11:38БУМ! Ўзбекистондаги UFC турнири қачон ва қаерда ўтказилиши ҳақида маълумотлар пайдо бўлди (ФОТО) 0 11:04Гандболчиларимиз аёллар ўртасидаги Осиё чемпионатида иштирок этишмоқда 0 10:38"The Notorious қайтди" — Макгрегор тиззасидаги операциядан сўнг машғулотларни бошлаганини маълум қилди 0 10:07Ўзбекистон кубоги. Бугун финалчилар аниқланади 0

27 apr 19:22
Yangiliklar

Kurash

Kurash bo'yicha XV Jahon chempionatining yangi mezboni elon qilindi

SHu yilning 31 yanvar - 5 fevral kunlari Eron Islom Respublikasining Bojnord shahrida kurash bo'yicha kattalar o'rtasidagi XV Jahon chempionatini o'tkazish rejalashtirilgan edi.

Biroq mamlakatda yuzaga kelgan siyosiy vaziyat sabab musobaqa qoldirildi. Endi mazkur nufuzli chempionatga Qozog'iston Respublikasining poytaxti Ostona shahri mezbonlik qiladi.

Kecha Qozog'iston Respublikasi Turizm va sport vazirligida mazkur nufuzli musobaqani yuqori saviyada tashkil etish masalalariga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda Qozog'iston Respublikasi Turizm va sport vaziri Erbol Mirzabosinov, Xalqaro Kurash associaciyasi Vice-prezidenti Ziyoviddin Xojiniyazov, IKA Administraciyasi rahbari Mansur Mirzaev hamda Qozog'iston Kurash federaciyasi prezidenti Andrey Borgenc ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida vazir Erbol Mirzabosinov Kurash bugungi kunda jahon miqyosida jadal rivojlanayotgan zamonaviy sport turlaridan biriga aylanganini takidlab, Qozog'iston ushbu chempionatni eng yuqori darajada o'tkazish uchun barcha imkoniyat va infratuzilmaga ega ekanini qayd etdi.

O'z navbatida, Xalqaro Kurash associaciyasi Vice-prezidenti Ziyoviddin Xodjiniyazov Qozog'iston sportchilari xalqaro maydonlarda yuqori natijalarga erishayotganini alohida etirof etib, bu mamlakatda sport sohasida olib borilayotgan tizimli va izchil islohotlar samarasi ekanini takidladi.

Kurash bo'yicha kattalar o'rtasidagi XV Jahon chempionati joriy yil iyun oyi oxirida Ostona shahrida bo'lib o'tadi. Musobaqani yuqori saviyada tashkil etish maqsadida tegishli tashkiliy qo'mita tuzilib, tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing