So’nggi yangiliklar

19:35"Манчестер Юнайтед" "Рома" юлдузи билан келишувга эришди 0 18:50Рамазон Темиров: "Зарбаларим аниқроқ борганида, Стив бундан ҳам оғирроқ нокаут бўлиши мумкин эди" 0 18:02Тим Цзю Эррол Спенсни мағлуб этиб, рақибини фаолиятини якунлашга мажбур қилди 0 17:20"Ўзбекистонда ҳам чемпион бўлади. Буни биринчи бўлиб, ўзим бажараман" — Рамазон Темиров 0 16:03Ўзбекистон U-20 аёллар терма жамоаси – CAFA чемпиони! 0 15:10Рамазон Темировнинг жангдан кейинги фикрлари қандай бўлди? 0 14:01Парижда кураш бўйича Президент соврини учун мусобақа ўтказилди 0 13:07Махлуқ ролидаги Шоҳжаҳон Эргашев, тепкиланган Одилхон ва бошқалар. Тошкентдаги проф бокс оқшомидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:19Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бор 0 01:00Ўзбекистонлик жангчилар иштирокидаги Octagon 89 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 00:31UFC Abu-Dhabi турнирининг бонус эгалари эълон қилинди. Рамазон Темиров рўйхатда борми? 0 00:23Кутганмидингиз?! Шоҳжаҳон Эргашевнинг Марк Урвановга қарши жанги биринчи раунддаёқ ниҳоясига етди 0 00:00Гусков Анкалаевга, Темиров эса Эрцегга қарши жанг қилди! UFC Abu-Dhabi турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 23:54UFC ABU-DHABI. БОГДАН ГУСКОВНИНГ МАГОМЕД АНКАЛАЕВГА ҚАРШИ МАРКАЗИЙ ЖАНГИ БЕШИНЧИ РАУНДДА ЯКУНЛАНДИ! 0 23:01РАМАЗОН ТЕМИРОВ ИШТИРОКИДАГИ CO MAIN EVENT ЖАНГИ БИРИНЧИ РАУНДДА ЯКУНЛАНДИ! 0

25 fev 12:37
Yangiliklar

Kurash, Osiyo o'yinlari

Kurash. Endi Osiyo o'yinlarida 7 ta emas, 17 ta medallar jamlanmasi o'ynaladi

Xabaringiz bor, 2018 yilgi Osiyo o'yinlarida kurash ilk marotaba musobaqa dasturidan o'rin oldi.

Indoneziya mezbonlik qilgan o'yinlarda milliy sportimiz bo'yicha 7 ta vazn toifasida bahslar tashkil qilindi. Bu albatta bizni quvontirmay qo'ymaydi.

Kecha yurtimizga Osiyo Olimpiya Kengashi prezidenti SHayx Ahmad Al-Fahad Al-Sabax boshchiligidagi delegaciya vakillari tashrif buyurganliklari haqida malum qilgandik. Mazkur delegaciya tarkibida Xalqaro kurash associaciyasi prezidenti, OOK Osiyo o'yinlari departamenti direktori Haydar Farmon ham O'zbekistonga kelgan.

Bugun Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov poytaxtimizdagi «Hyatt Regency» mehmonxonasida Haydar Farmon bilan uchrashuv o'tkazdi. Unda o'zbek milliy sporti hisoblangan kurashning Osiyo o'yinlaridagi o'rnini mustahkamlash yo'lida muzokaralar olib borildi. 

Uchrashuvda MOQ rahbari musobaqaning kurash bo'yicha bahslarida vaznlar toifasini ko'paytirish g'oyasini ilgari surdi. Ushbu taklif Xalqaro kurash associaciyasi prezidenti tomonidan ham qo'llab-quvvatlandi. Bu bo'yicha Osiyo Olimpiya Kengashi hulosasi Hanchjou-2022, Nagoya-2026 o'yinlari tashkiliy qo'mitasiga ham yuborildi.

Demak, uchrashuv yakunlariga ko'ra, 2022 yilgi Osiyo o'yinlaridan boshlab kurash 15 ta vazn toifasida (7 ta erkaklar, 8 ta ayollar) tashkil etiladi. SHuningdek, erkaklar va ayollar o'rtasida jamoaviy bellashuvlar ham o'yinlar dasturidan o'rin oladi. SHu tariqa, milliy sportimiz nufuzi Osiyo o'yinlarida yanada ko'tariladi va kurash bahslarda umumiy hisobda 17 ta medallar jamlanmasi o'ynaladi.

Eslatib o'tamiz, 2018 yilgi Osiyo o'yinlarida 7 ta vazn toifasida (4 ta erkaklar, 3 ta ayollar) bellashuvlar o'tkazilgan. Musobaqada yurtimiz sharafini himoya qilgan 14 sportchidan 12 nafari medallarga sazovor bo'lgandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing