So’nggi yangiliklar

14:14"Хамзат Стриклендни уч раунд ичида нокаут қилади" - мураббий 0 13:42Халқаро гимнастика федерацияси президенти Моринари Ватанабе Тошкентга келди 0 13:20Уайт Оқ уйдаги турнир қандай ҳолатда тўхтатилиши мумкинлигини айтди 0 12:58Осиё кубоги. Қизларимиз тарихий натижа қайд этишди 0 12:36Аёллар терма жамоамиз Осиё чемпионатини 5 та медаль билан якунлади 0 12:12Топурия: "Учинчи камар фақат Махачев билан жангдагина маънога эга" 0 11:40Octagon League собиқ чемпиони Анвар Абдуллаев нуфузли ММА Лигаси билан шартнома имзолади 0 11:16Тайсон Фьюри нима учун ҳамон фаолиятини давом эттираётганини тушунтирди 0 10:48Суперлига. Бугун ўзбек "Эл Класико" бор 0 10:12WBC рейтинги янгиланди: деярли барча боксчиларимизда ўсиш! 0 09:38Полина Кудерметова Мадрид турнирида чорак финалга йўл олди 0 09:15Менежер Ислам Махачевни ёлғончиликда айблади 0 08:40"Реал" яхши таклиф тушса, Камавингани ёзда сотиб юбориши мумкин 0 08:12Гимнастика бўйича Исроил терма жамоаси хавфсизлик муаммоси сабабли Тошкентдаги Жаҳон кубогига келмайди 0 07:30Бугун икки боксчимиз Осиё чемпионлиги учун жанг қилади 0

07 sen 09:58
Yangiliklar

Kurash

Kurash federaciyasi ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi

6 sentyabr - kurash milliy sport turi kuni.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 oktyabridagi qaroriga ko'ra nishonalayotgan ushbu sana dunyoning 140 dan ortiq mamlakatidagi kurash olami vakillarini birlashtirishga xizmat qiladi.

O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligida bo'lib o'tgan matbuot anjumani ham ayni sanaga bag'ishlandi. Unda Respublika kurash federaciyasi masullari sport turini rivojlantirishga doir amalga oshirilayotgan ishlar bilan jurnalistlarni tanishtirdi. 

Unda ishtirok etgan O'zbekiston kurash federaciyasi raisining sport ishlari bo'yicha o'rinbosari Uyg'un Umurov, federaciya bosh kotibi Abbos To'ychiboevlar kurashni rivojlantirish borasidagi Prezident qarorining ijrosi, shuningdek, bugungi kunda terma jamoalarimizni shakllantirish, kurashning targ'iboti, jahon arenalaridagi mavqei borasida fikr-mulohazalar bildirishdi.

Osiyo o'yinlarining rasmiy dasturiga kiritilishi qita mamlakatlarida o'zbek kurashining davlat reestridan o'rin olishiga va sportchilarning rag'batlantirilishiga sabab bo'lmoqda. 

Matbuot anjumanida 3 yarim ming yillik tarixga ega bo'lgan milliy sportimizni rivojlantirish yo'lida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan javob qaytarildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing