So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

09 apr 14:53
Yangiliklar

Kurash

Kurash Islom birdamligi sport o'yinlari dasturiga kiritiladi

Saudiya Arabistonning Jidda shahrida Islom birdamligi sport federaciyasining navbatdan tashqari Bosh Assambleyasi bo'lib o'tmoqda.

Assambleyada saylov jarayonidan tashqari, Milliy olimpiya qo'mitalari va Xalqaro sport federaciyalari o'rtasida qator sohalarni birgalikda rivojlantirish, hamkorlik aloqalarini mustahkamlash chora-tadbirlari bo'yicha muzokaralar olib borildi. Unda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi nomidan MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanov ishtirok etyapti.

Biz uchun quvonarlisi, o'zbek xalqining milliy sport turi hisoblanmish Kurash endilikda Islom birdamligi sport o'yinlari dasturiga kiritiladigan bo'ldi.

“Biz tashkilot prezidenti va Bosh kotibi bilan Kurashni Islom birdamligi sport o'yinlari dasturiga kiritish masalasini muhokama qildik. G'oya maqullandi. Biz Xalqaro Kurash associaciyasi prezidenti, Osiyo o'yinlari departamenti direktori Xaydar Farmon bilan ham bu masala bo'yicha aloqaga chiqdik va u kishi ham fikrimizni qo'llab-quvvatladi. Kurashni 2021 yilgi Islom birdamligi sport o'yinlari dasturiga kiritish uchun kech bo'lsa-da, 2025 yilgi musobaqaga qo'shishning imkoni bor. Nasib qilsa, kurashchilarimiz Islom birdamligi sport o'yinlarida ham o'z mahoratlarini namoyish qilishadi”, – dedi Jasur Matchanov.

Bizni quvontiradigan jihati, Kurash tobora ko'plab kompleks sport musobaqalari dasturiga kirib bormoqda. Dastlab 2017 yili Turkmanistonning Ashxobod shahrida bo'lib o'tgan Jang sanati va yopiq inshootlardagi V Osiyo o'yinlari, keyinchalik 2018 yil Indoneziya mezbonlik qilgan XVIII Osiyo o'yinlari dasturiga kirgan Kurash endilikda Islom birdamligi sport o'yinlari oilasida.

Eslatib o'tamiz, Jakartada Kurash bo'yicha 7 vazn toifasida medallar jamlanmasi o'ynalgan edi. Yaqinda Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) prezidenti SHayx Ahmad Al-Fahad Al-Sabax va Xalqaro kurash associaciyasi prezidenti, Osiyo o'yinlari departamenti direktori Xaydar Farmonning yurtimizga tashrif buyurgan va O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov bilan o'tgan uchrashuvdan so'ng keyingi Osiyo o'yinlarida kurash bo'yicha 15 ta medallar jamlanmasi o'ynalishi borasida kelishuvga erishilgan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing