So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

18 noy 12:04
Yangiliklar

Kurash

Kurash. O'zbekiston chempionatida chet elliklar!

Samarqandda kurash bo'yicha 2002-2003 yillarda tug'ilgan o'g'il va qizlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati katta hayajon bilan bo'lib o'tdi.

Etiborlisi, ushbu musobaqa O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilingan kun arafasida o'tkazilganligi sababli chempionat jarayonida ishtirokchilar, kurash ishqibozlari Vatanimiz ramzi bo'lgan hur bayrog'imizni mag'rurona sarbaland etib turishdi.

Yana bir o'ziga xos jihat, Samarqand viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi va O'zbekiston kurash federaciyasi tomonidan yurtimizga tashrif buyurgan chet ellik sayyohlarning kurash musobaqalari tomoshasiga jalb etilganligi yosh kurashchilarning shiddatiga shiddat qo'shdi. 

Muhimi, xorijlik mehmonlar O'zbek kurashining yoshlar ishtirokidagi jozibasidan bahramand bo'lishdi. Bu milliy qadriyatlarimiz, sport turlarimizning xalqaro targ'iboti yo'lida xayrli ish bo'ldi.  

- Angliyaning O'zbekistondagi turizm elchisiman. Bizni ajoyib sport bayrami - kurash musobaqasiga taklif etishgani uchun tashkilotchilarga raxmat aytmoqchiman. Yaqinda Samarqandda marafon musobaqalarida qatnashdik, voleybol o'yinlariga guvox bo'ldik. Endi esa bu erdamiz. Keyingi 3-4 oy ichida O'zbekistonda, xususan Samarqandda shunchalik ko'p sport bayramlari bo'layaptiki, go'yoki mamlakat bo'ylab katta sport karnavali davom etayotgandek. Kurash sport turini 10 yillardan beri bilanman. Bizda, Angliyada ham kurash turnirlari o'tkaziladi. O'zbekistonning milliy sharafi bo'lgan bu sport turi Olimpiya o'yinlarining bir bo'lagi bo'lgan Osiyodan joy olganligidan xabardormiz, - dedi Sabi Ibitcin.


Jami 800 nafardan oshiq bo'lg'usi chempionlar qatnashgan musobaqada qizlar 9 ta, o'g'il bolalar 11 ta vaznda medallar uchun bellashishdi. 

Murosasiz bahslar natijasiga ko'ra, o'z vazn toifalarida o'g'il bolalardan Faxriyor Nursodiqov (-42 kg), Elbek Qobilov (-46 kg), Quvonchbek Sadinov (-50 kg), Oybek Orifboev (-55 kg), SHuhrat SHaripov (-60 kg), Hamid Haydarov (-65 kg), Javlon Xayrullaev (-71 kg), Nurbek Murtazaev (-77 kg), Jahongir Mamatrahimov (-83 kg), O'tkir To'raboev (-90 kg) va Asror Nortojiev (+90 kg), qizlardan Madina Hasanboeva (-36 kg), Kamola SHodieva (-40 kg), Guljamol Tangriberganova (-44 kg), Ezoza Abdumo'minova (-48 kg), CHaros Sulaymonova (-52 kg), Dispina Bochkova (-57 kg), Aziza Umarova (-63 kg), SHahnoza Bozorova (-70 kg) va Mohinur Parmonova (+70 kg) chempionlik shoxsupasiga ko'tarilishdi. 

Medallar jamlanmasi bo'yicha esa Buxoro, Qashqadaryo, Jizzax, Samarqand, Farg'ona, Namangan, Navoiy viloyati va Toshkent shahri yosh kurashchilari eng ko'p oltin, kumush va bronza medallariga ega chiqib, umumjamoa hisobida etakchilik qilishdi.

- Jismoniy tarbiya va sport vazirligi taqvim rejasi asosida o'tkazilgan ushbu chempionat haqiqiy manoda iqtidorli yoshlarni saralash, kelajakda vatanimiz sharafini xalqaro sport maydonlarida munosib himoya etadigan istedodlar avlodi etishib chiqayotganligini ko'rsatdi, - deydi O'zbekiston kurash federaciyasi ilmiy nazorat kengashi raisi Olim Xayitov. - Musobaqa jarayonida terma jamoa trenerlari, tajribali murabbiylar ishtirokida har bir sportchining harakatini tahlil etib bordik. Endigi vazifa, ularda xalqaro musobaqalarga ko'nikmani shakllantirmog'imiz lozim. SHundagina ko'zlangan natijaga erishamiz. Yani, bu yoshlar orasidan bo'lg'usi Abdullalar, Rishodlar, SHaroflar, SHeraliyu Muhsinlar etishib chiqadi.

Ikki kun davom etgan O'zbekiston chempionatining g'olib va sovrindorlari diplom, medal va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.

To'lqin RO'ZIEV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing