22 okt 11:12
Yangiliklar
Kurash va o'q otish sport turlarini rivojlantirish bo'yicha taqdimot o'tkazildi
Dastlab, kurash sport turini rivojlantirish bo'yicha ishlab chiqilgan qaror loyihasi ko'rib chiqilib, unda mazkur sport turini yanada ommalashtirish, bu orqali iqtidorli yoshlarni selekciya qilish tizimini yaxshilash masalalari muhokama qilindi.
SHundan so'ng, o'q otish sport turini rivojlantirish bo'yicha ishlab chiqilgan qaror loyihasi muhokama qilindi. Loyiha o'q otish sport turi ommaviyligini oshirish, iqtidorli sportchilarni saralab olishni takomillashtirish hamda ularni tayyorlashning yangi tizimini yo'lga qo'yish, shuningdek, o'q otish sport turi bo'yicha infratuzilmasini yaxshilash maqsadida ishlab chiqilgan.
Taqdimot yakunida Sport vaziri Adham Ikramov sohani yanada rivojlantirish bo'yicha masullarga zarur tavsiya va ko'rsatmalar berdi.
Fikrlar