03 okt 12:12
Yangiliklar
Kurashchilarimiz Osiyo o'yinlarini 6 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinda yakunladi
Kurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari ham mazkur musobaqada ishtirok etdi va umumjamoa hisobida 4 oltin, 1 kumush va 1 bronza medalni qo'lga kiritdi.
Terma jamoamiz safida sovrindor bo'lgan kurashchilarimiz ro'yxati:
Erkaklar:
-66 kg: Artyom SHturbabin (oltin)
-81 kg:Umid Esanov (oltin)
+90 kg: Muhsin Hisomiddinov (oltin)
Ayollar:
-52 kg: Hilola Ortiqboeva (oltin)
-52 kg: Sitora Elmurodova (kumush)
-70 kg: Malikaxon Qahhorova (bronza)
Mezbon xitoyliklar esa 2 ta oltin medal bilan ro'yxatda ikkinchi o'rinni egallagan bo'lsa, 3-o'rinni band qilgan Eron Islom Respublikasi kurashchilari 1 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo'lga kiritgan. Bundan tashqari, Janubiy Koreya, Turkmaniston va Qozog'iston sportchilari ham yaxshi natijalarga erishdi.
Fikrlar